AsosiySUG'DIYONA

ANOR — ASAB TIZIMINI MUSTAHKAMLAYDI!

'ANOR —  ASAB TIZIMINI MUSTAHKAMLAYDI!'ning rasmi

Anorning mevasi turli vitaminlar bilan birgalikda, kletchatka, mineral moddalar va mikroelementlarga boy. Uning sharbati ishtahani ochib, milk kasalliklariga davo, ateroskleroz, bosh og`riq, oshqozon ichak buzilishlarida foydali.

Qon bosimi oshganda anor sharbatini ovqat rasioniga kiritib borilsa, u qon bosimini normallashtiradi. Anor mevasining oq pardasini choyga qo`shish mumkin, u asab tizimini mustahkamlab, ortiqcha xavotirdan muhofaza qiladi. Qon kamayib ketganida, anor sharbatidan ovqatdan avval 0,5-1 stakan iching. Davolanishning bir kursi – 2-4 oy.

Mumkin emas: anorning po`stlog`idan damlangan damlamani ichishda ehtiyot bo`ling. Chunki po`stloqning tarkibida zaharli moddalar bor. U qon bosimining oshishi, bosh og`rig`i, ko`rish qobiliyatini tushirishi mumkin. Qabziyatdan qiynalganlar, shuningdek, bavosil kasaliga chalinganlarga anor sharbati mumkin emas.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar