-Ahamiyat bersam, so`nggi paytlarda siqilganimda va yig`laganimda tomog`imda qandaydir qattiq narsa tiqilishini his etayapman. Bu buqoqning kattalashganidan darakmi?
Aziza, Yangiyo`l tumani
Natalya NI, oliy toifali shifokor-endokrinolog:
— Bo`lishi mumkin. Lekin bu faqatgina qalqonsimon bezning kattalashgani bilan bog`liq bo`lmasligi mumkin. Shifokorga murojaat etib, qalqonsimon bezni ultratovush tekshiruvidan o`tkazing. Agar tomoqqa nimadir tiqilgandek bo`lishi faqat asabiylashganingizda kuzatilsa, kamqonlik yoki asab tizimining buzilishi bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin. Chunki asab tizimining buzilishi tomoqda tugun hosil bo`lishi bilan ham ifodalanadi. Avval terapevt-shifokorga uchrab, umumiy ahvolingizdagi o`zgarishlar bilan tanishtiring. So`ng uning ko`rsatmasi bilan gematolog, endokrinolog va nevropatolog mutaxassislarga uchrashing. Sizdagi holatning sababi qaysi yo`nalish bo`yicha aniqlansa, muolaja ham aynan ana shu shifokor tomonidan belgilanadi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






