- Biror joyni bo`yashga kirishishdan avval qo`llaringizga o`simlik yog`i surtib oling, shunda qo`lingizga tekkan bo`yoqni tozalash oson bo`ladi.
- Tuz namlanib qolmasligi uchun unga biroz kartoshka kraxmali aralashtirib yuborish kerak.
- Go`sht qattiq bo`lsa, uni qiyma qilib ishlatib yuborishingiz mumkin. Faqat go`shtni qiymalagichdan chiqarayotganingizda 2-3 qoshiq o`simlik yog`i qo`shib yuboring.
- Guruchni o`zini pishirganingizda sochilib turishini istasangiz, avval uni qizdirilgan yog`da qovurib oling, so`ngra suv solib xuddi oshdagi kabi qattiq qaynating. Suvi qaynab qolmagach esa dimlab qo`ying.
19.09.2017 12:03
TURFA MASLAHATLAR






