AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “ZAMBURUG` YuQTIRIB OLMADIMMIKAN?”

'Shifo maslahat: “ZAMBURUG` YuQTIRIB OLMADIMMIKAN?”'ning rasmi

— Tunda oyoq kafti va barmoqlarim orasida kuchli qichishish yuzaga kelyapti. Bir necha marta vanna qilib ko`rdim. Ammo vaqtinchalik ta`sirdan bo`lak foyda bermayapti. Ishqilib bu teri zamburug`i emasmikan deb xavotirlanayapman...

Zebo Akbarova, Jizzax viloyati

Rustam ZOKIROV, shifokor-dermatovenerolog:

— Oyoqdagi qichishishning turli sabablari bo`lishi mumkin. Ular orasida teri zamburug`lari, qo`tir, ekzema kasalliklarini uchratamiz. Uy sharoitida turli usullarni sinagandan ko`ra, yaxshisi, shifokorga ko`rining. Tahlil xulosasidan so`ng kerakli muolajani boshlasangiz, tez fursatda muammodan forig` bo`lasiz.

    Boshqa yangiliklar