AsosiyJamiyat

​QOZOG`ISTON PREZIDENTINING O`ZBEKISTONGA TAShRIFI YaKUNLARI BO`YIChA TURLI SOHALARDA 10 DAN ZIYoD HUJJAT IMZOLANDI

'​QOZOG`ISTON PREZIDENTINING O`ZBEKISTONGA TAShRIFI YaKUNLARI BO`YIChA TURLI SOHALARDA 10 DAN ZIYoD HUJJAT IMZOLANDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev 16-17 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ldi.

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bugun Turkmanistonga jo`nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kuzatib qo`ydi.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 16 sentyabr kuni bo`lib o`tdi, deb yozadi O`zA.

Nursulton Nazarboev Shavkat Mirziyoev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To`labiy maqbaralarini ziyorat qildilar. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo`ydilar. «O`zekspomarkaz»da tashkil etilgan Qozog`iston milliy mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tgan muzokaralarda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq xo`jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi.

Boshqa yangiliklar