– Uch xaftalik homilam bor. Mutahassisligim bo`yicha xususiy firmaga ishga joylashayapman. Ish beruvchiga homiladorligim haqida aytmadim. Bir necha oylardan so`ng farzand kutayotganim ma`lum bo`lsa, bu haqda ogohlantirmaganim uchun ishdan bo`shatishmaydimi?
Gulnoza, Toshkent viloyati
–Mehnat kodeksiga asosan ayolning homiladorligi ma`lum bo`lgan taqdirda ham ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas. Ishga joylashganingizdan keyin farzand kutayotganingiz oshkor bo`lsa ham ish beruvchi faqat shu sabab tufayli siz bilan tuzilgan mehnat sharnomasini bekor qilishi mumkin emas.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






