— Oxirgi paytlarda lablarim qurib qolayapti. Bunga bo`yoq sabab bo`lishi mumkinmi?
Tajribali vizajist Olesya Savoskinadan javob beradi:
— Odatda rangi labda uzoq saqlanuvchi va jilosiz (matoviy) lab bo`yoqlarida yumshatuvchi komponentlar bo`lmaydi. Shuning uchun lablarning qurishi sabab bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, biz yashaydigan iqlimi sharoiti ham muammoga moyillikni oshiradi. Demak, lab bo`yog`i surtishdan avval balzamlardan foydalanish lozim. Yoki uy sharoitida zaytun moyiga shakarni aralashtirib, skrab tayyorlab surting. Va yana bir muhim qoida, lab bo`yog`ingizning yaroqlilik muddatiga ham e`tibor qarating.
Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi.






