O`zbekiston Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatiga rohinja qochqinlari uchun insonparvarlik yordami sifatida zarur mahsulotlarni topshirdi. Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Myanmaning Rakxayn shtatidan Bangladeshga qochib o`tgan odamlar uchun O`zbekistondan yuborilgan eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini qabul qilib oldi.
Ehtiyojga muhtoj 8 ming oilaning har biri (taxminan 50 ming kishi) O`zbekistondan yuborilgan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruch, shakar, eryong`oq, sut kukuni, pechene, chivinga qarshi to`r, ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechaklar (sari, lungi, futbolka), ko`rpa-to`shak, oyoq kiyimlari, asosiy dori-darmon vositalari va mineral suv bilan ta`minlandi.
O`zbekiston vakillari ushbu zarur mahsulotlar va insonparvarlik yordami Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining milliy bosh qarorgohida topshirdi.






