Rossiyaning yirik shaharlarida 10 sentyabr oqshomidan boshlab, savdo markazlari, maktab, oliy o`quv yurtlari, ma`muriy binolar, kinoteatrlar va ko`ngil ochar markazlaridan odamlar ommaviy ravishda evakuasiya qilinmoqda.
13 sentyabr kuni bu holat Moskvani ham qamrab oldi. Anonim qo`ng`iroqlarda 50 ta ob`ektlar, jumladan, vokzallar, yirik savdo markazlari "minalashtirilgani" xabar qilingan. Ushbu qo`ng`iroqlar tufayli 40 mingdan ziyod kishi evakuasiya qilingan.
Shanba kuni kelib tushgan "minalashtirilgan" degan xabarlardan keyin Rossiyaning 11 sub`ektlaridan 21 ming kishi evakuasiya qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbadan olingan xabar asosida.
Anonim qo`ng`iroqlar tufayli mamlakatda jami 130 ming kishi evakuasiya qilingan. Mutasaddilarning fikricha, yoppasiga avj olgan telefon terrorchiligi oqibatida Rossiya iqtisodiyotiga 1 milliard rubl zarar etkazilgan.






