Yuzingiz to`rtburchaksimon bo`lsa, tushib turuvchi jingalak soch yarashadi. Sochingiz kalta bo`lsa, peshana qismidagi sochlarga hajm bering. Chakka sochlar bilan esa yuz chetidagi to`rtburchaklikni yashiring. To`g`ri soch turmagi sizga yarashmaydi.
- Dumaloq yuzni esa toraytirib, uzaytirish lozim. Buning uchun sochni to`g`ri va uzun qilib turmaklash lozim.
- Uzunchoq yuzga esa “kare” turmagi, hamda uzun “chyolka” to`g`ri keladi.
- Pastki jag`ingiz uzunchoq bo`lsa, sizga ham uzun “chyolka” to`g`ri keladi, ammo sochlaringizni to`g`ri qilib turmaklamang.
- Kalta sochlar bo`yningizni uzun qilib ko`rsatadi, katta peshanani esa uning yarmiga qadar yopib turgan “chyolka” berkitadi.
Manba: «SUG‘DIYONA»gazetasi.






