O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning 17 sentyabr kuni soat 10:00da Surxondaryo viloyati Termiz shahrining Xotira hiyobonida Surxondaryo viloyati IIB ichki ishlar organlari tayanch punktlarining 228 nafar profilaktika inspektorlarini qasamyodga keltirish, ularga xizmat uylari va imtiyozli ravishda berilayotgan shaxsiy avtomashinalar kalitini tantanali topshirish marosimi o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Marosimda O`zbekiston Respublikasi Hukumat a`zolari, davlat boshqaruv organlari va viloyat hokimlik rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining ota-onalari, oila a`zolari ishtirok etishdi.






