AsosiySUG'DIYONA

YuZIMIZNI OZDIRAMIZ!

'YuZIMIZNI OZDIRAMIZ!'ning rasmi

Vazn ortishi faqat qorin va bo`ksaga soya soladi, desangiz adashasiz. Yuzingiz ham bu «baxt»dan bebahra qolmaydi. Yonoqlar shishib, qovoqlarning «to`n»i qalinlashadi. Peshana, daxan terisi esa sevinchdan yoyilib ketadi. Bunday bo`lishini istamaysiz-a?! Unda yuz uchun ozdiruvchi mashqni kanda qilmang.

  • (ketma-ketligi eniga qarab ketgan) Avval qo`l kaftlarini bir-biriga ishqalang. So`ng ko`z atrofi terisini ko`rsatkich barmoq yordamida asta uqalang.
  • Og`izni harakatga keltiring. «O», «U»,«E» harflarini 3-4 marta qaytaring.
  • Peshanani ikki qo`l kafti bilan ushlab, barmoqlaringizni xuddi pianino chalayotgandek holatga keltiring.
  • Barmoqlarni suratdagi kabi ko`rinishga keltirib, qosh atrofini engil uqalang.
  • Tanaffus qilamiz. 3 daqiqa hech qanday harakat bajarilmaydi.
  • Og`izni suratdagi kabi holatga keltiring. Barmoqlar bilan yonoq terisini pastdan yuqoriga paypaslang.
  • Boshni xiyol ko`tarib, daxan qismini uqalang.
  • Ko`zlarni yuming. Barmoq uchida qovoq ustini engil paypaslang.
  • Barmoq uchida yuzning barcha qismlarini «chumoli yurish» usulida engil paypaslab chiqing.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar