Zamonaviy mobil vositalar xotirasi sustlar uchun zaruriy ma`lumotlar saqlanadigan joyga aylangan. Ammo bu narsa mobil vosita egasining hamma narsani “xotirasida saqlayotganiga” kafolat bo`lolmaydi. Umrida smartfondan foydalanmagan ajdodlarimizga qaraganda, zamondoshlarimizning xotirasi ancha sustlashgan.
Olimlar bu holatni “Raqamli amneziya”, ya`ni barcha kerakli ma`lumotlarni gadjetlarga kiritgandan keyin bir lahzada unutish deb atashdi.
Mobil vositalarga ishonish tabiiy holga aylandi.
Bizning shiddat bilan taraqqiy etayotgan, hamma narsa raqamlangan dunyomizda barcha telefon raqamlarini, manzillarni, parollarni va hokazolarni yodda saqlab qolishning iloji yo`q. Hatto ularni yodlashga harakat qilgan taqdirimizda ham barchasini esda saqlab qololmaymiz.
Shaxsiy ma`lumotlarni saqlash vazifasini elektron tashuvchi vositalarda saqlagandan keyin, miyamizga mavjud ma`lumotlar, axborotlarni o`chirishga ruxsat beramiz. Chunki miyamizda buncha ma`lumotni saqlab qolishga joy etishmaydi. Ba`zi bir narsalarni eslashga harakat qilmasak, ular asta-sekinlik bilan xotiramizdan o`cha boshlaydi.
Kasperskiy laboratoriyasi o`tkazgan tadqiqotga ko`ra, AQSh va Evropa mamlakatlarida yashovchi odamlarning aksariyat qismi yaqin kishilarining telefon raqamlarini yoddan bilmas ekan.
Smartfonlar inson miyasining eng yaqin do`stiga aylandi. Agar biz o`zimizga kerakli barcha ma`lumotlarni miyamizda emas, smartfonlarda saqlaydigan bo`lsak, telefonlar yordamchi emas, xotiramiz o`rnini bosuvchi vositaga aylanadi.






