Hosila Rahimova baxshichilik yo`nalishida pand–nasixat bilan yo`g`rilgan falsafiy «Bilarsan» nomli taronasiga klip suratga oldi.
Qo`shiq Usmon Azim she`ri, Xosilaning ijodiy guruhi musiqasi asosida yaratilgan.
Videoklip «9999» studiyasi tomonidan suratga olingan.
Qo`shiqda Vatanga sog`inch tuyg`usi va boshqa insoniy tuyg`ular ulug`lanadi.






