AsosiyJamiyat

​ABDULAZIZ KOMILOV ISPANIYa ELChISI BILAN UChRAShDI

'​ABDULAZIZ KOMILOV ISPANIYa ELChISI BILAN UChRAShDI'ning rasmi

15 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ignasio Ibanes Rubioni qabul qildi.

Elchi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo`llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida O`zbekiston-Ispaniya o`rtasidagi muloqotlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2017 yilning 9 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ispaniya Qiroli Filip VI ning Ostonadagi uchrashuvi samarali va o`zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi bosqichiga aylanishi va ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarni faollashtirishiga ishonch bildirildi.

Shu nuqtayi nazardan O`zbekiston va Ispaniya o`rtasida turli darajada bo`lajak uchrashuvlarning, jumladan tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi aloqalarning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.

Vazir noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida bo`lib o`tadigan “Markaziy Osiyo: bir o`tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o`zaro farovonlik uchun hamkorlik” nomli xalqaro konferensiyada Ispaniya tomoning yuqori darajada ishtirok etishini ijobiy baholadi.

Uchrashuv chog`ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar