Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan 69-pog`onaga joylashdi.
Terma jamoa avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 5 o`ringa pastladi va OFKga a`zo mamlakatlar orasida 7-o`rinni egalladi. Eron terma jamoasi 865 ochko bilan Osiyoda peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda O`zbekiston futbol Federasiyasi xabar berdi.
Kuchli uchlikdan Yaponiya (737) va Avstraliya (662) terma jamoalari joy oldi. Quyida OFKga a`zo mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishish mumkin.
1 (25). Eron – 865 ochko;
2 (40). Yaponiya – 737 ochko;
3 (50). Avstraliya – 662 ochko;
4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;
5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;
6 (62). Xitoy – 564 ochko;
7 (69). O`zbekiston – 511 ochko;
8 (72). BAA– 480 ochko;
9 (75). Suriya – 465 ochko;
10 (85). Qatar – 406 ochko.
Germaniya terma jamoasi 1606 ochko bilan FIFA reytingida yana peshqadamlikni qo`lga oldi. Braziliya 1590 ochko bilan ikkinchi o`ringa pastladi. Kuchli uchlikka Portugaliya termasi (1386) yakun yasab berdi.






