AsosiySport

​DILShOD NURALIEV U-16 OCh SARALAShIGA 22 FUTBOLChINI JALB QILDI

'​DILShOD NURALIEV U-16 OCh SARALAShIGA 22 FUTBOLChINI JALB QILDI'ning rasmi

Shu yilning 16–24 sentyabr kunlari O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlarini o`tkazadi.

Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston o`smirlar termasi “A” guruhidan joy oldi va guruhda mezbon Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Toshkentda so`nggi o`quv-yig`in mag`shulotlarini o`tkazib, saralash o`yinlariga tayyorgarlik ko`rmoqda. 22 futbolchidan iborat jamoa 16 sentyabr kuni Ar-Riyod shahriga etib keladi. Quyida O`zbekiston U-15 termasining OCh saralashida ishtirok etadigan tarkibi bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Mo`minmirzo Qodirov, Xurshid Muhammadjonov, Shukron Yo`ldoshev;

Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo`jaev, Xurshid Ubaydullaev, Jasurbek Abdulbekov, Miraziz Saidov, Doniyor Sobirov, Otabek Jo`raev;

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo`riev, Boburmirzo Ergashev, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziev, Diyor Rahimqulov, Mironshoh Sattorov, Mirjalol Qosimov, Javohir Abdualimov;

Hujumchilar: Igor Chikrizov, Temur Mamasiddiqov, Bo`ronbek Mirzasalimov, Boburbek Sobirov.

Barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahridagi Prince Faisal bin Fahd Stadium maydonida bo`lib o`tadi. Quyida U-16 OCh saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari taqvimi quyida keltirilgan:

U-16 OCh–2018 saralashi
“A” guruhi o`yinlari

16 sentyabr, shanba

19:15 Shri-Lanka – Bahrayn
22:15 Iordaniya – Saudiya Arabistoni

18 sentyabr, dushanba

19:15 Bahrayn – O`zbekiston
22:15 Shri-Lanka – Iordaniya

20 sentyabr, chorshanba

19:15 O`zbekiston – Shri-Lanka
22:15 Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma

19:15 Iordaniya – O`zbekiston
22:15 Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

19:15 Bahrayn – Iordaniya
22:15 O`zbekiston – Saudiya Arabistoni

Eslatma: O`yin soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan

U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a`zo jami 45 mamlakatning o`smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo`lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o`rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o`rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo`shilgan holda OCh finaliga yo`llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar