BIRINChI QAVATDA YaShOVChILAR HAM LIFT UChUN HAQ TO`LAYDIMI?
Uyimizdagi lift buzilib qoldi. Men birinchi qavatda yashayman. Liftdan foydalanmayman. Nega uning uchun haq to`lashim kerak? Bundan tashqari, majburiy badal tarkibida liftga xizmat ko`rsatish haqi inobatga olingan. Ko`p kvartirali uylarning birinchi qavatida yashovchilar uchun badalni kamaytirib bo`lmaydimi?
A.Choriqulova.
Farruxjon Fayziev, huquqshunos:
— "Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to`g`risida"gi Qonunning 28-moddasida nazarda tutilishicha, ko`p kvartirali uyning shu jumladan liftlari, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar umumiy mol-mulk hisoblanadi.
Joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo`yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmalariga olishlari shart (Mazkur Qonunning 30-moddasi). Shu sababli hatto liftdan foydalanmasangiz ham, uni saqlash uchun haq to`lashingiz shart.






