AsosiyJamiyat

​10-SINF O`QUVChILARI UChUN IChKI IShLAR VAZIRLIGINING AKADEMIK LISEYIGA QABUL E`LON QILINDI

'​10-SINF O`QUVChILARI UChUN IChKI IShLAR VAZIRLIGINING AKADEMIK LISEYIGA QABUL E`LON QILINDI'ning rasmi

2017/2018 o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik liseyiga qabul o`tkaziladi.

Kelajakda O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida yoki Yong`in xavfsizligi institutida o`qib, ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lgan yoshlar 2017/2018-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik liseyida o`qishlarini davom ettirishlari uchun taklif qilinadi.

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi barcha akademik lisey va kollejlarning 1-bosqichida hamda umumta`lim maktablarning 10-sinfida ta`lim olayotgan o`quvchilar joriy yilning 17 sentyabr kuni soat 18.00ga qadar Toshkent shahar, Uchtepa tumani 11-mavze M.Shayxzoda kuchasi 64-uyda joylashgan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik liseyi (sobiq Jaxon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik liseyi)ga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlov suxbat asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar o`zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:

- Tug`ilganlik to`g`risidagi guvoxnoma (metrika);

- Shaxodatnomaning ksero nusxasi;

- Maktabdan tavsifnoma;

- Mahalladan tavsifnoma;

- Tarjimaiy xol;

- Rasm 2 ta (3/4 sm).

Izoh: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga asosan, 2020 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi yoki Yong`in xavfsizligi institutiga kunduzgi ta`lim shakliga o`qishga qabul qilish faqat IIV akademik liseylari bitiruvchilari tarkibidan amalga oshiriladi.

Batafsil ma`lumotnini Toshkent shahar IIBB rasmiy saytidan olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar