Liminoodle yoritkichlari hali savdoga chiqib ulgurgani yo`q. U aslida yuza qismi diod lampalar bilan ta`minlangan diodli lampochkalardir. Undan uyingizda o`tadigan tadbirlar paytida ham foydalana olasiz. Uni masofaviy boshqarish pulti yordamida boshqarishingiz mumkin.
Liminoodle sohibi masofadan turib, chiroqlar rangi va yorqinligini o`zgartirishi mumkin. Yoritkichni USB-qurilmasi yordamida quvvatlantirasiz. Agar batareyaning quvvati to`la bo`lsa, u ikki soatga etadi. Agar uning xizmatidan tejamkorlik bilan foydalansangiz, 10 soatga ham etishi mumkin.






