AsosiyDunyo

​BIR VAQTNING O`ZIDA BIR NEChTA MAMLAKAT AHOLISI TELEGRAM ALOQASIDA UZILIB QOLDI

'​BIR VAQTNING O`ZIDA BIR NEChTA MAMLAKAT AHOLISI TELEGRAM ALOQASIDA UZILIB QOLDI'ning rasmi

Kecha bir muddat O`zbekistonda Telegram foydalanuvchilari messendjer aloqasidan uzilib qoldilar.

Messendjerning texnik xizmatidan ma`lum qilishlaricha, mazkur muammo O`zbekistondan tashqari Rossiya, Shvesiya, Ukraina, Avstriya, Germaniya, Iroq, Ozarbayjon, Finlyandiyada ham kuzatilgan.

Telegram’ning Twitter’dagi rasmiy akkauntida kecha yuz bergan texnik muammo tez fursatlarda bartaraf etilgani ma`lum qilingan.

Telegram — turli formatdagi mediafayl va matnli xabarlar almashadigan bepul messendjer bo`lib, ayni damda uning foydalanuvchilari 100 millionni tashkil qiladi.

Darvoqe, kecha Telegram messendjeri aloqasi uzilgan qisqa fursat ichida boshqa ijtimoiy tarmoqlar bu xabardan “portladi”.

    Boshqa yangiliklar