O`zbekiston Respubikasi Prezidentining 2017 yil 15 avgust kunidagi PF-5155 - sonli Farmoni talablariga asosan, mamlakatimizda doimiy yashovchi 118 nafar fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilib, shulardan 43 nafari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslardir.
Joriy yilning 13 sentyabr kuni, Toshkent shahar Hokimligi va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini 43 nafar shaxsga, O`zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportlarini tantanali ravishda, ommaviy axborot vositalari yoritilgan holda topshirish ishlari amalga oshirildi.






