AsosiyJamiyat

​NURSULTON NAZARBOEV DAVLAT TAShRIFI BILAN O`ZBEKISTONGA KELADI

'​NURSULTON NAZARBOEV DAVLAT TAShRIFI BILAN O`ZBEKISTONGA KELADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev 2017 yil 16-17 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan, deb yozadi O`zA.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha Toshkent shahrida ikki mamlakat Prezidentlarining Qo`shma bayonoti, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi ko`p qirrali do`stona munosabatlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko`plab hujjatlar imzolanadi.

    Boshqa yangiliklar