OAVda Sayxunobod hokimining direktorlarni qator qilib, birma-bir kaltaklab chiqqani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergandik.
"Darakchi" tahririyati mazkur holatga izoh olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi. Bosh Prokuraturadan videodagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilganligini va uning natijalari bo`yicha alohida ma`lumot taqdim etilishini ma`lum qilishdi.
Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimiyati bilan bog`langanimizda ular bu haqda ma`lumotga ega emasligini va shu sabali hech qanday ma`lumot bera olmasligini aytib go`shakni qo`yib qo`yishdi.






