ROSSIYa BANKIGA OMONAT QO`YGANDIM, ENDI OLIShIM MUMKINMI?
1982 yilda dam olish uchun Rossiya Federasiyasining Shimoliy Kavkaz — Pyatigorsk shahriga borganimda o`sha joydagi bankning omonat kassasiga pul qo`yganman. Hujjatlari bor. Endi ularni olish imkoniyati bormi? Agar bor bo`lsa qaerga murojaat qilish kerak?
Saidmurod Sultonov, Surxondaryo viloyati Angor tumani
B.Zohidov, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1184-moddasiga asosan ko`chmas va ko`char mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo`yicha aniqlanadi.
Xorijiy davlatlardagi banklarga jismoniy shaxslar tomonidan qo`yilgan omonatlarni qaytarish bank joylashgan davlatning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Shu munosabat bilan Siz xorijiy bankdagi omonat mablag`laringizni qaytarib olish uchun tasdiqlangan hujjatlar nusxasini taqdim etgan holda bevosita omonati mavjud bankka murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqdir.





