AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONDA YaNGI VAZIRLIK TAShKIL ETILADI

'​O`ZBEKISTONDA YaNGI VAZIRLIK TAShKIL ETILADI'ning rasmi

O`zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma`lum qildi, deb xabar beradi "Gazeta.uz".

Yangi tashkil etiladigan vazirlik Maktabgacha ta`lim vazirligi bo`ladi. O`zbekistondagi bog`chalarga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

"Prezidentimiz bizning oldimizga bolalar maktabga ilm olishga tayyor bo`lib kelishlari uchun sharoit yaratish masalasini qo`ydilar. Shu munosabat bilan kelajakda maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog`i rivojlanadi. Ular bir necha turda(davlat, nodavlat, bolalar qisqa muddatda ta`lim oladigan) bo`ladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta`lim vazirligini tashkil etish talab qilinadi",—dedi Xalq ta`limi vaziri. .

Uning so`zlariga ko`ra, maktabgacha ta`lim vazirligi bolalarni maktabga tayyorlash, ularni tarbiyalash, ta`lim berish uslublari masalalari bilan shug`ullanadi.

Boshqa yangiliklar