AsosiyJamiyat

IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARI MUBORAK SAFARGA JO`NAB KETDILAR

' IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARI MUBORAK SAFARGA JO`NAB KETDILAR'ning rasmi

Joriy yilning 22 avgust kuni o`zbekistonlik ziyoratchilarning 430 nafardan iborat so`ngi guruhlari ikkita reysda Toshkent-Madina va Namangan-Madina yo`nalishi bo`yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga kuzatildi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati xabar berdi.

Quvonarlisi, ziyoratchilar qatorida 72 nafar Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar ham haj safariga jo`natildi. Faxriylarni kuzatish ishlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda “Nuroniy” jamg`armasi mas`ul xodimlari bilan hamkorlikda uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

Faxriylarimiz Toshkent shahrida joylashgan “Minor” masjidida to`plandilar. Ularga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus aravachalar sovg`a qilindi. Faxriylarimiz Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlaridan to`g`ridan-to`g`ri Madina shahriga kuzatildi.

Kuzatish joyi va aeroportda bo`lajak hojilarimizga barcha qulayliklar yaratildi, jumladan, ziyoratchilarimiz uchun issiq choy, engil taom va sarxil mevalar bilan siylandi. Muqaddas safarga chiqayotgan vatandoshlarimiz yaratilgan sharoitlardan minnatdor ekanliklarini izhor etib, Muhtaram yurtboshimiz va hukumatimiz haqqiga duolar qildilar.

Ziyoratchilarimiz Madina shahriga Toshkent vaqti bilan soat 13.00 qo`nadilar. Respublika ishchi guruhi tomonidan Madina shahri aeroporti va “Javharat ar-Roshid” mehmonxonasida yurtdoshlarimiz uchun barcha qulay sharoitlar tayyorlab qo`yilgan.

Yaratilgan sharoitlardan ko`ngli ko`tarilgan urush faxriylarimiz xususan, Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanidan Nurmatov Fayzullo bobo o`z dil izhorlarini bildirdi:

“Mana bugun haj ibodatini ado etish uchun yo`l olmoqdamiz. Bizga yaratib berilgan shart-sharoitlar tahsinga sazovor, jumladan, har birimizga bittadan xamroh biriktirilganligi, safar oldidan rahbarlarimiz tomonidan maxsus aravacha hamda ehrom topshirilganligini e`tirof etish mumkin. Shuning uchun, barcha qulay shart-sharoitlar yaratib bergan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga o`z tashakkurlarimizni bildiramiz”.

Shuningdek, Surxondaryolik ziyoratchi Nurmatov Abdula bobo shunday deydi: “Avvalo, bizlarga xaj ibodatlarini emin-erkin ado etish uchun diyorimiz ziyoratchilariga keng sharoitlar yaratib bergan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga rahmatlar aytamiz.

Hozir Toshkentga kelib bizga shu erdan boshlab yaratilayotgan sharoitlarni, mana bu maxsus aravalarni ko`rib dilim judayam shod bo`lib ketdi. Aeroportda bizlarni juda ko`tarinki ruhda qarshi olib, barcha kerakli sharoitlarni taqdim qilganlar. Endi Xudo xoxlasa Saudiyada haj mavsumini eson-omon o`tkazib olsak marra bizniki. Barchalaringga ming rahmat.”

“Mana bugun “Haj-2017” mavumining so`ngi parvozlari amalga oshirilmoqda. Ziyoratchilar safar oldidan qayta tekshiruvdan o`tdilar. Ularning salomatliklari joyida. Quvonarlisi huqumatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlar tahsinga sazovor, jumladan, har bir urush faxriysiga bittadan xamroh biriktirilganligi, ularga maxsus aravacha topshirilganligini alohida ta`kidlash darkor” - deydi ziyoratchilarga biriktirilgan shifokor Isabekov Rustambek.

Ma`lumot sifatida shuni aytish mumkinki, mavsum boshidan beri jami 32 ta reysda 7155 kishi jumladan Toshkent-Madina yo`nalishida 2228, Namangan-Madina 3028, Samarqand-Madina 459, Urganch-Madina 206, Buxoro-Madina 412, Qarshi-Madina 822 nafar ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga etib bordi.

    Boshqa yangiliklar