AsosiyJamiyat

​BUGUN «OZOD YuRT TO`LQINLARI» X AN`ANAVIY MEDIA-FESTIVALI BO`LIB O`TADI

'​BUGUN «OZOD YuRT TO`LQINLARI» X AN`ANAVIY MEDIA-FESTIVALI BO`LIB O`TADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag`ishlab, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan joriy yilning 22 avgust kuni soat 19.00da poytaxtimizda «Citi Palace» mehmonxonasida nodavlat teleradiostansiyalar ijodiy guruhlari o`rtasida «Ozod yurt to`lqinlari» X an`anaviy media festivalini o`tkazadi.


O`zEOAVMA O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasining moliyaviy ko`magida har yili nodavlat elektron OAV jurnalist va texnik xodimlarini qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishga qaratilgan Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan «Jurnalistlar bahori» an`anaviy tanlovi, O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi kuniga bag`ishlangan «Ozod yurt to`lqinlari» media-festivali hamda Ijtimoiy teleradioroliklar milliy festivallarini o`tkazib kelmoqda.
Joriy yilda ham ushbu an`anani davom ettirgan holda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi va O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda «Ozod yurt to`lqinlari» X media-festivali o`tkaziladi.
Media festival O`zbekistonda nodavlat teleradioeshittiruvchilarni qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish, jurnalistlarning demokratik qadriyatlarga mos keladigan, jamiyatning siyosiy hamda ma`naviy va ma`rifiy rivojlanishiga turtki bo`ladigan televizion va radio dasturlarni tayyorlashda faolligini oshirishga qaratilgan.
Festival doirasida nomzodlar o`z ishlarini quyidagi besh nomnasiya bo`yicha topshirishdi:
- «Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!» degan bosh g`oyani o`zida mujassam etgan eng yaxshi teleradioloyiha”
- «2017 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan vazifalar ijrosini eng faol yoritgan teleradiostansiya”.
- «O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish jarayonlarini yoritishga bag`ishlangan eng yaxshi teleradiodastur».
- «Aholi, xususan, yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashni targ`ib qilishga qaratilgan eng yaxshi teleradiomahsulot».
- «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mamlakatda millatlararo totuvlikni ta`minlashga qaratilgan eng yaxshi dastur».
Joriy yilda tanlovga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat teleradiostansiyalarning ijodkor xodimlari tomonidan 350ga yaqin ishlar topshirilgan.
Festivalning hay`at a`zolari davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari mutaxassislaridan tashkil topgan.
Eslatib o`tamiz, tanlov g`oliblari «Ozod yurt to`lqinlari» statuetkasi, maxsus diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar