AsosiyJamiyat

HINDISTONDAGI “DEVONI BOBUR” QO`LYoZMASI VA “ShAHZODA DORI ShIKOHNING TO`Y MAROSIMI” MINIATYuRASINING NUSXALARI O`ZBEKISTONGA QAYTARILADI

'HINDISTONDAGI “DEVONI BOBUR” QO`LYoZMASI VA “ShAHZODA DORI ShIKOHNING TO`Y MAROSIMI” MINIATYuRASINING NUSXALARI O`ZBEKISTONGA QAYTARILADI'ning rasmi

Rasmiy tashrif dasturiga binoan, 21 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Dehli shahrida Hindiston Milliy muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar berdi.


Mazkur muzey mamlakatning asosiy tarixiy-badiiy xazinasi hisoblanib, u qadimgi yodgorliklarning boy kolleksiyasi, o`tmishdagi sivilizasiyalarning arxeologiya boyliklari hamda madaniyat va etnik xilma-xillik eksponatlarini o`zida jamlagan. Hozirgi kunda muzeyda 200 mingdan ortiq hind va xorij san`ati namunalari saqlanadi.

Mehmonlar Markaziy Osiyo buyumlariga bag`ishlangan va mintaqamizning Hindiston bilan bog`lovchi ko`p asrlik va samarali aloqalari haqida guvohlik beruvchi maxsus galereya bilan tanishtirildi.

Davlat rahbarining o`zbek xalqining tarixiy va madaniy boyliklari namunalarini Vatanga qaytarish to`g`risidagi topshirig`ini bajarish doirasida O`zbekiston Elchixonasi Hindiston tomoni bilan Milliy muzeyda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning 1528 yilda yozilgan “Devoni Bobur” qo`lyozmasining va 1640 yilda chizilgan “Shahzoda Dori Shikohning to`y marosimi” miniatyurasining nusxalarini O`zbekiston tomoniga rasman topshirish masalasini kelishib oldi.

Ekspozisiya bilan tanishib chiqilgach, Hindiston Milliy muzeyi Bosh direktori Budha Rashmi Mani O`zbekiston delegasiyasiga yuqorida qayd etilgan qo`lyozma va miniatyura nusxalarini rasman topshirdi. Ular O`zbekiston Davlat tarix muzeyidan joy oladi.

    Boshqa yangiliklar