AsosiySavol-javob

ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?

'ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?'ning rasmi

Uyimdagi elektr energiya hisoblagichi eski (qora schyotchik). Hozir ayni paytda qanaqasiga almashtirish kerak?

Usmon Qodirov. Surxondaryo viloyati, Denov shahri

P.XIDIROV, “O`zbekenergo” AJ direktori o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 noyabrdagi 295-sonli qarori, 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari" hamda Adliya vazirligida 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan ro`yxatga olingan "Maishiy iste`molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom" talablariga ko`ra, elektr energiyasi iste`molini hisobga olish uchun hozirgi vaqtda inson omilining ta`sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta`minlangan zamonaviy elektron hisobga olish priborlari o`rnatilishi kerak.

Shu bilan birgalikda, yuqorida nomi qayd etilgan hoidalarning tegishliligicha 4-bandida iste`molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun "O`zstandart" agentligi yoki uning o`lchov vositasi turini tasdiqlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo`lgan hududiy bo`linmalari tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari qo`llanilishi belgilangan.

Inobat ERNAZAROVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar