AsosiyDunyo

ITALIYaDA RO`Y BERGAN ZILZILA VAYRONALARI OSTIDAN 3 NAFAR BOLA QUTQARILDI

'ITALIYaDA RO`Y BERGAN ZILZILA VAYRONALARI OSTIDAN 3 NAFAR BOLA QUTQARILDI'ning rasmi

21 avgust kuni Italiyaning shimoliy qismida joylashgan Iskya orolidagi Kazamichchola-Terme va Lakko-Ameno shaharlarida 4,0 balli zilzila ro`y berdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Zilzila oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 26 kishi jabrlandi, jumladan 2 kishi og`ir tan jarohati oldi. Ayni paytda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Kazamichchola-Terme shahridagi vayronalar tagidan uch nafar bola qutqarildi. Ularni qutqarish ishlari besh soat davom etdi. Bolalarning qutqarilishini hamma xursandchilik va olqishlar bilan kutib oldi.

Iskyuga Mudofaa vazirligining maxsus xizmat xodimlari yuborildi. Shuningdek, vayronalar tagida qolgan odamlarni qidirib topish uchun o`rgatilgan itlari bo`lgan kinologlar ham jo`natildi. Odamlarni evakuasiya qilish uchun vertolyot va parom ajratildi.

Orol ilk marotaba zilziladan aziyat chekayotgani yo`q. 1883 yilda Kazamichcholada ro`y bergan zilzila oqibatida 2313 kishi halok bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar