Yaponiyada ob-havoning isib ketishi oqibatida 2,5 mingdan ortiq odam jabrlanib, kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qildi Vesti.ru nashri.
Xabar berilishicha, o`tgan hafta bilan solishtirganda uzoq kutilgan yomg`ir natijasida jabrlanganlar soni 1602 nafarga kamaygan. Ayni kunlarda havo harorati Selsiy bo`yicha 30 darajaga ko`tarilgan. Yaponiyada 1 maydan beri issiq ob-havo hukmronlik qilib kelmoqda. Issiq havo oqibatida 42 kishi vafot etdi.
Yaponiya hukumati mamlakat aholisiga ko`proq suyuqlik iste`mol qilishni, bosh kiyimsiz quyosh nurlari tagida uzoq yurmaslikni tavsiya qildi.






