Andijon shahridagi perinatal markazida birdaniga to`rt nafar o`g`il chaqaloq dunyoga keldi.
Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, skrining natijasida to`rtta chaqaloq tug`ilishi oldindan ma`lum bo`lgan. Ayni paytda ona va to`rt pahlavonning sog`ligi yaxshi. Ularga malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda, deb yozadi "Kun.uz".

Baxtli oila Shahrixon tumanining Hamdo`stlik mahallasida istiqomat qiladi. Chaqaloqlar onasi Shohidaxon Arabboeva to`rt o`g`ilga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasan, Husan ismlarini berilganini bildirdi.






