AsosiyJamiyat

​ARZON UY-JOYGA PUL TO`LAGAN 14 KIShI SPARK AVTOMOBILIGA EGA BO`LDI

'​ARZON UY-JOYGA PUL TO`LAGAN 14 KIShI SPARK AVTOMOBILIGA EGA BO`LDI'ning rasmi

"Ipoteka-bank" joriy yilda 190 dan ziyod uy-joy qurilishini moliyalashtirmoqda.

Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi «2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori mazkur bank xodimlarini ham yangi marralar sari ruhlantirdi, deb yozadi O`zA.

Bank matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, arzon uy-joylar uchun pul to`layotgan mijozlarga «Imkoniyat» nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Bu tadbirlar joriy yilning 10 yanvaridan 1 apreliga qadar davom etdi. Ana shu muddatda boshlang`ich mablag` to`lagan fuqarolar ixtiyoriy ravishda unda ishtirok etdi.

Ayni paytda yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi. Yutuqqa 500 ga yaqin qimmatbaho maishiy texnika va 14 dona «Spark» avtomobili qo`yilgan edi. 21 avgust kuni ana shu yutuqlarning g`oliblari aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar