AsosiySUG'DIYONA

«YoZ IFORI» PIROGI — ShAFTOLI MAVUSIMINI BOY BERMANG

'«YoZ IFORI» PIROGI — ShAFTOLI MAVUSIMINI BOY BERMANG'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 200 ml. smetana, 1,5 stakan un, 110 gr. sariyog`, 100 gr. shakar, 3 dona tuxum, 5 ta shaftoli, 2 osh qoshiq sut, 1 choy qoshiq makkajo`xori kraxmali, tuz, vanilin.

Tayyorlanishi: 1. To`rtburchak shaklda to`g`ralgan sariyog`ni un va tuz bilan pichoq yordamida aralashtiring. Keyin 1 dona tuxum va sutni qo`shib, qo`lga yopishadigan xamir tayyorlang. Xamirni sellofanga o`rab, 30 daqiqaga muzlatkichga qo`ying.

2. Smetanaga shakar, tuxum, kraxmal va vanilin qo`shib, yaxshilab aralashtiring.

3. Xamirni yupqaroq qilib yoyib, aylana shakldagi qolipga, pishiriq qog`ozi ustiga soling. Xamirning atrofini ko`tarib chiqing.

4. Shaftolini yarim oy shaklida to`g`rab, pirog ustiga terib chiqing. Ustidan smetanali aralashmani quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying.

6 kishilik

1 soat

    Boshqa yangiliklar