AsosiyJamiyat

​TOShKENTDAGI KAMERALAR BIR KUNDA 575 TA QOIDABUZARLIK HOLATLARINI QAYD ETDI

'​TOShKENTDAGI KAMERALAR BIR KUNDA 575 TA QOIDABUZARLIK HOLATLARINI QAYD ETDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB YHB poytaxtda yuz bergan yo`l-transport hodisalari va haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar haqida ma`lumot berdi.

2017 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahri hududida 6 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo`l-transport hodisasida 7 nafar shaxslar tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan.

YO`L HARAKATI XAVFSIZLIGI HUQUQBUZARLIKLARI:

2017 yilning 19 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2886 ta huquqbuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 769 tasini qo`pol turdagi, 22 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 19 avgust kuni jami 575 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo`lib, 283 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog`iga bo`ysunmasdan harakatlanish, 292 tasini belgilangan me`yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar