AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV ISPANIYa QIROLIGA HAMDARDLIK BILDIRDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV ISPANIYa QIROLIGA HAMDARDLIK BILDIRDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ispaniya Qiroli Felipe VI ga insonlar halok bo`lishiga olib kelgan Barselona shahridagi terroristik akt sababli samimiy hamdardlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, Ispaniyaning Barselona shahrida 17 avgust kuni terakt ro`y berdi, shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko`chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi. 13 kishi halok bo`ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o`z zimmasiga oldi.

    Boshqa yangiliklar