Toshkent kichik halqa yo`lining yopilishi munosabati bilan mazkur yo`nalishda harakatlanuvchi jamoat transporti harakatiga o`zgartirishlar kiritildi.
2017 yil 19 avgustdan e`tiboran «KHAY» va «Farg`ona yo`li» ko`chalari kesishmasida yo`l o`tkazgich qurilishi natijasida, mazkur hududning vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan kuyidagi avtobus yo`nalishlari harakatiga o`zgartirishlar kiritiladi:
1) 12 , 26 , 37 , 68 , 81 , 93 , 127 sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Sariko`l, Mehrjon, Qo`shko`prik ko`chalari orqali keyingi harakatini o`z yo`nalishi bo`ylab davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etiladi;
2) 62 , 70 sonli avtobus yo`nalishlari harakati:
- to`g`ri yo`nalishda KHAY, A.Temur, S.Azimov, Maxtumquli, Mirzo Ulug`bek, Parkent ko`chalari orqali keyingi harakatini o`z yo`nalishi bo`ylab davom ettirgan holda tashkil etiladi;
- qaytish yo`nalishida Parkent, KHAY, Maxtumquli, S.Azimov, A.Temur, KHAY ko`chalari orqali keyingi harakatini o`z yo`nalishi bo`ylab davom ettirgan holda tashkil etiladi.
3) 14 sonli avtobus yo`nalishining harakati bir tomonlama Maxtumquli, S.Azimov, A.Temur, KHAY ko`chalari orqali keyingi harakatini o`z yo`nalishi bo`ylab davom ettirgan holda tashkil etiladi.
«Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati 12 , 26 , 37 , 68 , 81 , 93 , 127 , 62 , 70 , 14 sonli yo`nalishlar harakatiga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritilishini munosabati bilan, yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi.






