Toshkent viloyatida davlatimizning kam ta`minlangan oilalar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasidagi tadbirlari ko`lami tobora kengaymokda.

Bugun viloyatdagi jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy joylarni tantanali topshirish boshlandi.
Mazkur tadbirlarda Toshkent viloyati hokimi Boboev Shukrullo Habibullaevich ishtirok etmoqda.
Chirchiq shahrida yashovchi Qarshiboeva Mohira bir necha daqiqa oldin uy sohibasi bo`ldi. Shunday tadbirlar kun davomida Yuqori Chirchiq, Parkent tumanlari va Bekobod shahrida bo`lib o`tadi.






