AsosiyDunyo

ISLANDIYa XALQARO AEROPORTINING KUTISh ZALIGA AVTOMOBIL KELIB URILDI

'ISLANDIYa XALQARO AEROPORTINING KUTISh ZALIGA AVTOMOBIL KELIB URILDI'ning rasmi

Islandiya poytaxti Reykviyak shahar markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Keblavik xalqaro aeroportining kutish zaliga avtomobil kelib urildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, avtomobilni 20 yoshli yigit boshqargan. Guvohlarning ma`lum qilishicha, yigit avvaliga taslim bo`lganini ko`rsatmoqchi bo`lganday, qo`llarini yuqoriga ko`targan. Oldiga polisiyachi yaqinlashganda, uni urib, yiqitgan.

Shundan keyin haydovchi yigit yo`lda turgan mashinalarning birini oldiga kelib, oynasini urib sindirgan, avtomobilda o`tirgan ayolni majburlab tushirib, mashinasiga o`tirgan. Qo`lga olingan mashinada aeroport kutish zaliga kelib urilgan. Ayni paytda hodisa oqibatida jabrlanganlar soni aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar