AsosiySport

O`ZBEKISTON AYoLLAR TERMASI “UCh MILLAT KUBOGI” G`OLIBIGA AYLANDI

'O`ZBEKISTON AYoLLAR TERMASI “UCh MILLAT KUBOGI” G`OLIBIGA AYLANDI 'ning rasmi

Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o`rtasidagi “Uch millat kubogi” xalqaro o`rtoqlik turniri o`z yakuniga etdi. Barcha o`yinlarda g`alaba qozongan O`zbekiston ayollar termasi musobaqa g`olibiga aylandi.

Kecha, 20 avgust kuni so`nggi tur o`yini bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston ayollar termasi Qirg`izistonni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Terma jamoalar turnir davomida ikki martadan o`zaro kuch sinashdi. O`zbekiston ayollar termasi Qozog`istonga qarshi o`yinlarda 7:0 va 6:0 hisobida zafar quchgan bo`lsa, Qirg`iziston 3:1 va 1:0 hisobida taslim etildi.

“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg`iziston
20 avgust, yakshanba

O`zbekiston – Qirg`iziston 1:0

Gol: Shahnoza Qurbonova (76)

Ogohlantirish: Yulduz Nabieva (80) – Ayjan Boronbekova (59), Kenje Irisbek qizi (62)

Jamoa

O`

G`

D

M

O

TN

1

O`zbekiston

4

4

0

0

12

+16

2

Qirg`iziston

4

1

1

2

4

+1

3

Qozog`iston

4

0

1

3

1

-16

    Boshqa yangiliklar