Ispaniya La Ligasining dastlabki turidan o`rin olgan ba`zi uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Shu kuni La Korunya shahrida mahalliy "Deportivo" klubi mehmoni bo`lgan "Real" raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Zinedin Zidan shogirdlari yakunda 0:3 hisobida g`alaba qozonishdi va safardan 3 ochko bilan qaytishdi.
"Deportivo" – "Real Madrid" 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Beyl, 0:2 – 27 Kazemiro, 0:3 – 62 Kroos.
"Deportivo" – Martines, Xuanfran, Sher, Sidney, Luizinyu, Gilerme, Moskera, Kartabiya (Borxa Vale, 79), Borxes (Adrian, 65), Bakkali (Gama, 54), Andone.
"Real" – Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro (Markos Lorente, 72), Kroos, Isko (Asensio, 66), Benzema, Beyl (Vaskes, 80).
Ogohlantirishlar: Bakkali (24), Sher (53), Ramos (53), Modrich (57), Kartabiya (60), Moskera (84), Andone (87).
Chetlatish: Ramos (90).






