AsosiySport

O`ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI YIG`INGA KIRIShDI

'O`ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI YIG`INGA KIRIShDI 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi so`nggi ikki o`yini oldidan bugun, 20 avgust kuni Toshkentda o`quv-mashg`ulotlar yig`iniga kirishdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Paxtakor” stadionida o`tkazilgan yig`inning ilk kunida asosan Oliy Liga klublarida to`p surayotgan futbolchilar ishtirok etdi. Legionerlardan Anzur Ismoilov milliy termaga kelib qo`shildi. Qolgan legionerlar terma jamoa ixtiyoriga keyinroq etib keladi.

Bugungi mag`shulotlar tiklanish jarayoni bilan boshlandi va engil mashqlar bajarildi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlikka ham e`tibor qaratildi. Gollandiyalik mutaxassis Chima Mishel Oneke futbolchilar bilan yakka tartibda ishladi.

Mashg`ulot davomida futbolchilarning kayfiyatini ko`tarish maqsadida kichik musobaqalar o`tkazildi. Berilgan shartlarni tez va chaqqonlik bilan bajargan futbolchilar bosh murabbiy Samvel Babayan tomonidan kichik rag`batlantiruvchi sovg`alar bilan taqdirlandi.

O`quv-mashg`ulotlar yig`ini davomida O`zbekiston milliy terma jamoasi 25 avgust kuni Qirg`izistonga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi. Samvel Babayan bo`lajak o`rtoqlik o`yini hamda JCh–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o`yinlariga 27 futbolchini jalb qilgandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o`ynaydi. Ayni paytda O`zbekiston 8 ta o`yindan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar