AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA QIZ-NEVARASINI ZO`RLAMOQChI BO`LGAN ShAXS QIZNING YIGITI TOMONIDAN O`LDIRILDI (VIDEO)

'​TOShKENTDA QIZ-NEVARASINI ZO`RLAMOQChI BO`LGAN ShAXS QIZNING YIGITI TOMONIDAN O`LDIRILDI (VIDEO)'ning rasmi

Toshkentda qiz-nevarasiga tegajoqlik qilgan shaxs qizning yigiti tomonidan o`ldirildi.

Bu haqda “O`zbekiston 24” telekanali xabar berdi, deb yozadi “Daryo”.

Xabar berishlaricha, yigitga uning do`sti ham “yordam bergan” — ikki yigit qizning bobosini urib va bo`g`ib o`ldirib, uning gilamga o`ralgan jasadini boloxonada qoldirgan.

Gumonlanuvchilar O`rta Chirchiq tumanining tog`li dam olish joyida qo`lga olingan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, qiz 2000 yilda tug`ilgan, har ikkala yigit esa 1997 yilda tavallud topgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


    Boshqa yangiliklar