Shvesariyaning Coop supermarketi tarmoqlari vakili yaqin kunlarda firmaning ettita do`konida qo`ng`izlardan tayyorlangan burger va kotletlar sotilishi yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Qo`ng`izlardan tayyorlangan ikki kotletning narxi 9,25 dollarni tashkil etadi.
Coop vakillari Essento Insect Burgers ning yangi mahsuloti “o`ta to`yimli” ekanligini ma`lum qilishdi. Kotlet tarkibiga qo`ng`izdan tashqari guruch, sabzi va turli ziravorlar qo`shiladi. Mazkur mahsulot avgust oyining oxiriga qadar savdoga chiqarilishi ko`zda tutilgan.
“Qurt-qumursqadan tayyorlangan taomlarini sotish imkoniyatlari kengdir. U zamonaviy parhez uchun ideal darajadagi qo`shimcha bo`la oladi”, dedi supermarket tarmog`i vakili.
Coop ma`muriyati yilning oxiriga qadar qurt-qumursqadan tayyorlangan mahsulotlar sonini oshirishga va`da berdi.






