Kecha Toshkentning "Ramadan" mehmonxonasida Hind taomlari festivali bo`lib o`tdi. Unda Hindistonning O`zbekistondagi muxtor elchisi janob Vinod Kumar ham ishtirok etib, hind urf-odatlari, an`analariga e`tibor uchun tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi. Davlatlararo munosabatlarimiz har tomonlama rivojlanib boraverishini tiladi. Tadbir ishtirokchilari hindistonlik oshpazlar tomonidan tayyorlangan taomlarni tatib ko`rishdi. Hind raqslari barcha yig`ilganlarga xushkayfiyat bag`ishladi.
Dilfuza Sobirova
Fotomuxbir: Islom Ro`ziev












