AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV BEKOBODDAGI BOG`ChALARDAN BIRIGA TAShRIF BUYuRDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV BEKOBODDAGI BOG`ChALARDAN BIRIGA TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Bekobod shahridagi "Shudring" nomli 5-sonli maktabgacha ta`lim muassasasiga ham tashrif buyurib, bu erdagi loyihalar bilan xam yaqindan tanishdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda Toshkent viloyatida 406 ta maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyat olib boradi. davlatimiz rahbariga maktabgacha ta`limda bola shaxsini rivojlantirishga qo`yiladigan davlat talablarining asosiy yo`nalishlari haqida so`zlab berildi. Shavkat Mirziyoev ayni yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hususida to`xtalib, sohani yanada rivojlantirishga faqatgina davlat muassasalari emas, balki, nodavlat tashkilotlarini xam keng jalb etish lozimligini qayd etdi. Shundagina 2018 yilga borib, maktabgacha ta`lim muassasalari barcha bolajonlarni to`liq qamrab oladi.
Bu erda Prezident shuningdek, 120 o`ringa mo`ljallangan namunali maktabgacha ta`lim muassasasi loyihasi bilan xam tanishdi. Shavkat Mirziyoevning Bekobodga tashrifi davom etmoqda. Ayni damda esa, davlatimiz rahbari viloyat mutasaddilari, faollar va yoshlar ishtirokidagi yig`ilishda ishtirok etyapti.

    Boshqa yangiliklar