Qirg`iziston respublikasi MXX fuqarolarni mamlakatda yuz berishi mumkin bo`lgan teraktdan ogoh etib, ogohlikka chaqirdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
“Sirojiddin Muxtorov boshchilik qiladigan “Jamaat Tauhid va Jihod” terrorchilik tashkiloti tomonidan terakt sodir etilishi mumkinligi to`g`risida tahdid qilingan. Aynan shu terrorchilik guruhi 2016 yilning 30 avgust kuni Qirg`izistondagi Xitoy elchixonasiga hujum qilgan edi, ayni paytda guruh rahbariga nisbatan xalqaro qidiruv e`lon qilingan.
MXX mamlakat fuqarolaridan barcha shubhali shaxslar haqida yaqin oradagi ichki ishlar bo`limiga xabar berishni so`ramoqda.






