Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga tashrif buyuradi. Bu haqda “Uzbekistan24.uz” xabar qildi.
Tashrif davomida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi va boshqa turli tashkilotlar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.






