AsosiyDunyo

​MARSDA SIRLI SUV OMBORI ANIQLANDI

'​MARSDA SIRLI SUV OMBORI ANIQLANDI'ning rasmi

AQShning Jon Xopkins nomli universiteti olimlari Marsning yuza qismida, ekvator yaqinida muz ko`rinishidagi ko`p miqdorda suv borligini aniqladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Olimlar Marsning yuza qismini Mars Odyssey apparati orqali qayta tekshirib, shunday xulosaga kelishdi. Ammo Qizil sayyora iqlimi hisobga olinadigan bo`lsa, u erda suv bo`lmasligi kerak edi.

Yangi statistik metod yordamida sayyoraning boshqa hududlarida ham muz borligi aniqlandi. Olimlarning fikricha, bundan bir necha million yil ilgari Marsning qiya burchagi o`zgarishi oqibatida ekvatorga muz to`plangan.

    Boshqa yangiliklar